Iroq poytaxtida 8-yanvar, yakshanba kuni ro‘y bergan ikkinchi portlash oqibatida o‘n kishi halok bo‘ldi, o‘nlab kishi jarohatlandi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.
Portlash shaharning sharqiy qismidagi bozorda sodir bo‘ldi. Portlovchi qurilmani terrorchi-xudkush harakatga keltirdi.
Eslatib o‘tamiz, shu kuni shaharning shialar yashaydigan hududidagi sabzavot bozorida ro‘y bergan portlashda 13 kishi qurbon bo‘ldi, terakt uchun javobgarlikni IShID zimmasiga oldi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)