Tayvanning Taybey shahrida 500 ga yaqin o‘quvchi sifatsiz maktab tushliklaridan zaharlandi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Shahar ta’lim departamentiga ko‘ra, Taybeydagi to‘rtta boshlang‘ich maktab o‘quvchilarida zaharlanish alomatlari 6-yanvar, juma kuni paydo bo‘la boshlagan.
Yetti nafar bolaga gastroenterit tashxisi qo‘yildi, biroq ularni kasalxonaga yotqizishga ehtiyoj bo‘lmadi. Mahalliy rasmiylar ushbu va yana 19 maktabga oziq-ovqat yetkazib beruvchi firmalar faoliyatini to‘xtatishga qaror qildi.
Taom namunalari ekspertizaga yuborildi, natijalar ikki hafta davomida chiqishi kutilmoqda.
Izoh (0)