Xitoyning “Syuein 601” qutb samolyoti Antarktidaning eng yuqori nuqtasida joylashgan “Kunlun” stansiyasida ilk bor qo‘nishni amalga oshirish uchun “Chjunshan” stansiyasi aerodromidan parvoz qildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Mamlakat markaziy televideniyesiga ko‘ra, mazkur ekspeditsiya Xitoy tomonidan Antarktidani tadqiq etishda yangi bosqich bo‘ladi.
Qutb ekspeditsiyalari uchun mo‘ljallangan Xitoy samolyotining birinchi sinov parvozi o‘tgan yil yanvarida bo‘lib o‘tgandi. Havo kemasi “Chjunshan” va “Kunlun” stansiyalari o‘rtasidagi 1300 kilometr masofani bosib o‘tgan, biroq yo‘nalishning yakuniy nuqtasida qo‘nmagandi.
Izoh (0)