6-yanvarning e’tiborga molik yangiliklari — “Daryo”ning kechki dayjestida.
1. “O‘zbekneftgaz” rahbari Alisher Sultonov Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti etib saylandi. Uning o‘rinbosarlari orasida Valeriy Tyan va Salim Abduvaliyev ham bor.
2. Shavkat Javlonov O‘zbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondi raisi etib tasdiqlandi. U mazkur lavozimda Jovdatxon Inog‘omni almashtirdi.
3. Uchtepa tumaniga yangi hokim tayinlandi. “Mahalla” fondining sobiq raisi Jovdatxon Inog‘omov endi Uchtepaga rahbarlik qiladi.
4. Facebook’da Erdo‘g‘onni tanqid qilgan Kanada fuqarosi Turkiyada hibsga olindi. Kanada tashqi ishlar vazirligi Xiperning hibsga olinganidan xabardor ekanligi va zarur konsullik ko‘magini ko‘rsatayotganini ma’lum qildi.
5. Apple Janubiy Koreyada o‘zining ilk chakana do‘konini ochishni rejalashtirmoqda. Mamlakatdagi sotilayotgan smartfonlarning 80 foizi Samsung va LG Electronics hissasiga to‘g‘ri keladi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)