Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi, Campus France agentligi hamda Toshkent fransuz alyansi 12-yanvar soat 10:30 dan 17:30 gacha “Fransiyada oliy ta’lim olishga bag‘ishlangan kun” o‘tkazadi. Tadbirga talabalar, xususan, oliy ta’lim muassasasining oxirgi kursida tahsil olayotgan va o‘qishini Fransiyada davom ettirmoqchi bo‘lgan yoshlar taklif etiladi. Bu haqda Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Tadbirning rasmiy ochilishidan so‘ng (unda Fransiyaning O‘zbekistondagi elchisi Violen de Vilmor ishtirok etishi kutilmoqda) quyidagi ko‘rgazma stendlari qatnashchilar e’tiboriga havola etiladi:
- Oliy ta’lim va tematik yo‘nalishlar (sog‘liqni saqlash, turizm, huquqshunoslik, moda, dizayn, davlat boshqarish va boshqalar);
- Shaxsiy maslahatlar;
- Fransuz tilidan testlar;
- Fransiya mintaqalari.
- 19-yanvar: Rezyume va motivatsion xat yozish;
- 24-yanvar: Hujjatlar to‘plamini tayyorlash;
- 31-yanvar: Rezyume va motivatsion xat tayyorlashning qo‘shimcha xususiyatlari.
Izoh (0)