Afrika Futbol Konfederatsiyasi 2016-yilning eng yaxshi afrikalik futbolchisi nomini e’lon qildi. Unga ko‘ra, Angliyaning “Lester” klubi va Jazoir terma jamoasi yarim himoyachisi Riyod Mahrez Afrika qit’asining eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Jazoirlik futbolchi 361 ovoz to‘plagan holda u bilan birga kurash olib borgan “Borussiya Dortmund” klubi va Gabon termasi hujumchisi Pyer-Emerik Obameyangni (313 ovoz) ortda qoldirdi. “Liverpul” klubi va Senegal termasi yarim himoyachisi Sadio Mane 186 ovoz bilan uchinchi o‘rinni egalladi.
Meni Afrikada va butun dunyoda qo‘llab-quvvatlaganlarga minnatdorchilik bildiraman.Riyod Mahrez 2015/16-yilgi mavsumda “Lester” safida Angliya chempionligini tantana qildi. Yarim himoyachi o‘tgan mavsum davomida Premyer-liga doirasida 37 ta o‘yin o‘tkazib, 17 ta gol urgandi.
Afrika Chempionlar Ligasi g‘olibi bo‘lgan “Mamelodi Sandaunz” klubi yil jamoasi, klub bosh murabbiyi Pitso Mosimane esa qit’ada yilning eng yaxshi murabbiyi deb tan olindi.
Yosh futbolchilar orasida “Arsenal” klubi va Nigeriya termasi a’zosi Aleks Ivobi eng yaxshisi deb topildi. “Manchester Siti” hujumchisi Kelechi Ixeanacho qit’aning eng umidli futbolchisi sifatida tan olindi.
Afrika qit’asining 2016-yilgi ramziy terma jamoasi quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ldi:
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)