Venesuelaning yangi vitse-prezidenti Tarek El-Ayssami bo‘ldi. Bu haqda davlat rahbari Nikolas Maduro e’lon qildi, deb yozadi “Interfaks”.
“Men Tarek El-Ayssamini respublikaning amaldagi vitse-prezidenti etib tayinladim”, — dedi u vazirlar mahkamasining interaktiv majlisida.
Ushbu chora Maduro muxolifat parlamenti talabi bilan iste’foga chiqishga majbur bo‘lib qolgan taqdirda, yangi vitse-prezident davlatni boshqara olishi uchun ko‘rildi.
Mamlakatdagi vaziyat inflyatsiyaning tez o‘sib borishi, neftning jahon narxlari tushishi, shuningdek qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlar o‘rtasidagi nizo tufayli yuzaga kelgan siyosiy inqiroz sababli yomonlashishda davom etmoqda.
Izoh (0)