Fransiya politsiyasi o‘z-o‘zini respublika deb e’lon qilgan Kosovo sobiq bosh vaziri Ramush Xaradinayni Serbiya orderi bo‘yicha hibsga oldi, deb yozadi “Korrespondent.net”.
Xaradinay Fransiya sharqidagi Bazel-Myuluz aeroportida qo‘lga olindi.
Serbiya uni 2008-yilda o‘z mustaqilligini e’lon qilgan sobiq Kosovo provinsiyasida partizanlik harakatiga rahbarlik qilgani uchun, harbiy jinoyatchi deb hisoblaydi.
Kosovo tashqi ishlar vazirligi hibsni nomaqbul deb atadi va Xaradinayni ozod qilish uchun bor choralarni ishga solishini ma’lum qildi.
Izoh (0)