Isroil harbiylari Iordan daryosining g‘arbiy qirg‘og‘ida 4-yanvar, chorshanba kuni o‘tkazilgan reydlar chog‘ida 25 falastinlikni qo‘lga oldi. Bu haqda Isroil mudofaa armiyasi matbuot xizmati ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
“Armiya, chegara politsiyasi va umumiy xavfsizlik xizmati (ShABAK) g‘arbiy qirg‘oqda 25 falastinlikni qo‘lga oldi. Ulardan 16 nafari terrorchilik faoliyatiga aloqadorlik va zo‘ravonlik aksiyalarida qatnashishda gumon qilinib, qidiruvda edi”, — deya xabar beradi matbuot xizmati. Isroil televideniyesi hibsga olinganlarning 9 nafari HAMAS faoli ekanligini bildirdi.
Bu Iordan daryosining g‘arbiy qirg‘og‘idagi ommaviy hibslarning ikkinchi kuni bo‘lib, 3-yanvar, seshanba kuni isroillik harbiylar 34 falastinlikni qo‘lga olgandi. Ulardan 24 nafari qidiruvda, 12 nafari esa HAMAS faoli bo‘lgan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)