AQSh razvedka xizmatlari Rossiyaning xakerlik hujumi orqali olingan materiallar uchinchi shaxslar vositasida WikiLeaks saytiga berib yuborilishiga aloqadorligini isbotlovchi dalillarni qo‘lga kiritganini ma’lum qildi. Bu haqda Reuters amerikalik mansabdorlarga tayanib xabar berdi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
Ta’kidlanishicha, dalillardan iborat ma’ruza AQShning amaldagi prezidenti Barak Obamaga 5-yanvar, saylangan prezident Donald Trampga esa 6-yanvar kuni taqdim etilishi kerak edi, ammo ba’zi mansabdorlarga ko‘ra, hujjat ustidagi ishlar hamon davom etmoqda.
Izoh (0)