Janubi-G‘arbiy Xitoydagi Sichuan provinsiyasida joylashgan Panchjixua shahri yer va tabiiy resurslar boshqarmasi boshlig‘i Chen Chjunshu shu shahar meri va Xitoy Kompartiyasi shahar qo‘mitasi kotibiga suiqasd uyushtirdi. Bu haqda “Sinxua” agentligiga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Voqea 4-yanvar kuni ro‘y berdi. Shahar ko‘rgazma majmuasida konferensiya bo‘lib o‘tayotgan paytda Chen Chjunshu zalga bostirib kirib, to‘planganlarga qarata o‘t ochdi.
Hujum oqibatida shahar meri Li Szyansin va Kompartiya shahar qo‘mitasi kotibi Chjan Yan yaralandi. Ularning hayoti xavf ostida emas.
Keyinroq Chen Chjunshuning tanasi shu majmuaning yerto‘lasida topildi. U o‘z joniga qasd qilgani aytilmoqda.
Voqea yuzasidan tergov olib borilmoqda.
Izoh (0)