NATO ittifoqchi mamlakat — Turkiya bilan birdamlik ramzi o‘laroq shtab-kvartiradagi bayroqlarni tushirdi. Bu haqda NATOning rasmiy vakili Oana Lungesku Twitter’dagi sahifasi orqali ma’lum qildi.
“Shtab-kvartiradagi barcha bayroqlar tushirib qo‘yildi. Yangi yilda Istanbulda uyushtirilgan terakt yuzasidan Turkiya bilan birdam ekanligimizni bildiramiz”, — ma’lum qildi u va xabarga rasm ilova qildi.
Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, Istanbuldagi tungi klubga uyushtirilgan hujum oqibatida halok bo‘lganlar soni 39 kishini tashkil qilmoqda. Shuningdek, 70 kishi jarohat olgan.
Izoh (0)