Toshkentning Sergeli tumanidagi avtoturargohlardan birida yer o‘pirilishi yuz berdi. Facebook’dagi “Voditeli Tashkenta” guruhida qoldirilgan fotoxabarga ko‘ra, hodisa oqibatida Spark avtomobili yerga botib qolgan.
Spark egasi hisoblangan ayolning ma’lum qilishicha, u uyi oldidagi yangi tashkil etilgan avtoturargohda mashinasini qoldirgan. Ma’lum vaqt o‘tib, signalizatsiyasi ishlab ketganidan so‘ng ko‘chaga chiqqan va mashinasi yerga botib qolganini ko‘rgan.
Ayolni signalizatsiyani ishga tushirish orqali chaqirgan haydovchisi o‘z Lacetti’si va boshqa odamlarning ko‘magi bilan Spark’ning botiqdan chiqib olishiga yordam bergan. Spark egasi Facebook’da ularga minnatdorchilik bildirgan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)