Volkswagen’ning Rossiyadagi dileri — “Folksvagen Grup Rus” MChJ mamlakatda 2013—2016-yillarda sotilgan Caddy, Golf va Jetta modellaridagi 4481 dona avtomobilni chaqirib oladi. Bu haqda “Rosstandart” ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “TASS”.
“Chaqirib olishga Volkswagen Caddy, Golf, Jetta transport vositalaridagi gidrotizim yuqori bosim tufayli akkumulyatorni shikastlashi ehtimoli sabab bo‘ldi. Bu tizimning germetik bo‘lmay qolishi va signal lampasi yoqilishiga olib keladi”, — deyiladi xabarda.
Mazkur avtomobillarda uzatish qutisi dasturiy ta’minoti yangilanishi amalga oshiriladi. Barcha ta’mirlash ishlari bepul bajariladi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)