Toshkentdagi Sergeli mashina bozori (“Iste’molda bo‘lgan transport vositalari va ehtiyot qismlar Sergeli bozori” kompaniyasi) to‘rt kun ishlamaydi.
Kompaniya tomonidan tarqatilgan bildirishnomaga ko‘ra, bozor kuzatuv kengashining 24 dekabrdagi bayonnomasiga asosan 2016-yilning 30—31-dekabr va 2017-yilning 1-yanvar kunlari sanitariya kunlari deb e’lon qilingan hamda Yangi yil bayrami munosabati bilan bu kunlarda bozor vaqtincha faoliyat ko‘rsatmaydi.
“Kun.uz” internet-nashrining qo‘shimcha qilishicha, Sergeli mashina bozorida dushanba har doim dam olish kuni hisoblangan, shu sababli bozor 2-yanvar, dushanba kuni ham ishlamaydi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidentining 29-dekabrdagi farmoyishiga muvofiq, 2017-yilning 2-yanvari dam olish kuni deb e’lon qilindi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)