Google kompaniyasi yakuniga yetayotgan yilda AQShda eng ommabop bo‘lgan avtomobil brendlari ro‘yxatini e’lon qildi. Mazkur reyting avtobrendlar bo‘yicha Google’ga berilgan so‘rovlar asosida tuzilgan bo‘lib, 10 ta kompaniyadan tashkil topgan, deya xabar bermoqda “Motor”.
Ro‘yxat, 2015-yil bilan taqqoslaganda, sezilarli o‘zgargan. Masalan, Chevrolet, Dodge, General Motors, Lexus, Mazda, Volkswagen va Porsche kabi brendlar o‘nlikdan chiqib ketgan.
Reytingda qolganlar orasida Tesla so‘nggi o‘rindan uchinchi pog‘onaga, Honda esa uchinchi o‘rindan birinchi o‘ringa ko‘tarilgan. O‘z navbatida, Mercedes-Benz to‘rtinchi o‘rindan ikkinchi o‘ringa “ko‘chgan”.
Google’da eng ko‘p qidiruvga berilgan 10 ta avtomobil kompaniyasi (2016-yil, AQSh)
- Honda
- Mercedes-Benz
- Tesla
- Lamborghini
- Volvo
- Ford
- Jaguar
- Bentley
- Maserati
- Rolls-Royce
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)