Futbol bo‘yicha Angliya Premyer-Ligasining 18-turi “Sautgempton” — “Tottenhem” o‘yini bilan o‘z yakuniga yetdi.
Bellashuvda hisob mezbonlar tomonidan 2-daqiqadayoq ochilgan bo‘lsa-da, keyinroq Maurisio Pochettino shogirdlari 4 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Orada “shporlar” hujumchisi Harri Keyn penaltidan aniq foydalana olmadi.
Mazkur bellashuvdan keyin turnir jadvali o‘zgarishsiz qoldi. 18-turning 8 ta o‘yini natijasi hamda “Liverpul”ning yirik g‘alabasi bilan keltirilgan havolalar yordamida tanishish mumkin.
Angliya Premyer-Ligasi 18-tur o‘yini 28-dekabr, chorshanba
“Sautgempton” — “Tottenhem” 1:4
Gollar: Virjil van Deyk, 2 (1:0). Dele Alli, 19 (1:1). Harri Keyn, 52 (1:2). Son Xyon Min, 85 (1:3). Dele Alli, 87 (1:4).Noaniq penalti: Harri Keyn, 58 (T).Chetlatish: Netan Redmond, 57 (S).Boxing Day 30-dekabr kuni start oladigan 19-tur uchrashuvlari bilan davom etadi.
30-dekabr, juma“Xall Siti” — “Everton”
31-dekabr, shanba“Manchester Yunayted” — “Midlsbro”“Sautgempton” — “Vest Bromvich”“Suonsi” — “Bornmut”“Chelsi” — “Stok Siti”“Byornli” — “Sanderlend”“Lester” — “Vest Hem”“Liverpul” — “Manchester Siti”
1-yanvar, yakshanba“Uotford” — “Tottenhem”“Arsenal” — “Kristal Pelas”
Izoh (0)