Futbol bo‘yicha Angliya Premyer-Ligasida 18-turning 8 ta o‘yini bo‘lib o‘tgandi. 27-dekabr oqshomida “Liverpul” o‘z uchrashuvini o‘tkazdi.
“Enfild” stadionida “Stok Siti”ni qabul qilgan Yurgen Klopp jamoasi 4:1 hisobida zafar quchdi. Bellashuvda hisob “chilangarlar” tomonidan ochilgan bo‘lsa-da, o‘yin yakuniga qadar “Liverpul” yirik g‘alabaga erishishga muvaffaq bo‘ldi.
Mazkur g‘alaba “mersisayd” klubini turnir jadvalida 2-o‘ringa olib chiqdi. “Liverpul” 31-dekabr kuni o‘zidan 1 ochko kamroq jamg‘argan “Manchester Siti”ga qarshi bellashuvda maydonga tushadi.
Premyer-Liga 18-turida kuzatilgan voqealar bilan shu havolada tanishish mumkin.
Angliya Premyer-Ligasi 18-tur bellashuvlari 27-dekabr, seshanba
“Liverpul” — “Stok Siti” 4:1
Gollar: Jonatan Uolters, 12 (0:1). Adam Lallana, 35 (1:1). Roberto Firmino, 44 (2:1). Janelli Imbula, 60-avt (3:1), Deniyel Starrij, 71 (4:1).28-dekabr, chorshanba“Sautgempton” — “Tottenhem”