Rossiyaning Irkutsk shahrida “Boyarishnik” suyuqligi bilan ommaviy zaharlanish oqibatida halok bo‘lganlar soni 76 kishiga yetdi. Bu haqda viloyat sog‘liqni saqlash matbuot xizmatiga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
Oldinroq ularning soni 75 kishini tashkil etayotganligi bildirilgandi.
“Dam olish kunlari metil spirtidan zaharlanganlikda gumon qilinib, ikki kishi kasalxonaga yotqizildi. Ulardan biri vafot etdi va shu tariqa zaharlanish qurbonlarining umumiy soni 76 kishiga yetdi”, — deya ma’lum qildi matbuot xizmati.
Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda kasalxonalarda zaharlanish tashxisi bilan yana 18 kishi qolmoqda.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)