Meksikaning ikkita shtatida narkotik moddalar savdogarlari o‘rtasidagi nizo tufayli, 13 kishi halok bo‘ldi, deb yozadi “Korrespondent.net”.
Politsiya boshi tanasidan juda qilingan olti nafar erkakning jasadini Michoakan shtatining Xalisko shahridan topdi, u narkotik moddalarni Janubiy Amerikadan AQShga olib o‘tish borasida asosiy shtatlardan biri hisoblanadi. Jasadlarning yonida meksikalik narkosavdogar nomidan yozilgan tahdidli maktub topildi.
Gerrero shtatida esa noma’lum kimsalar yetti kishilik oilaga tegishli uyga bostirib kirib, ularning barchasini qatl qildi, so‘ng yovuz niyatlilar jinoyat joyidan qochib qoldi.
Izoh (0)