Germaniyaning Volkswagen avtokonserni AQShda ekologiya me’yorlari keng ko‘lamda buzilishiga tegishli bahsli masalalardan biri doirasida 1 milliard dollar to‘laydi, deb yozadi “TASS” AQSh Atrof-muhit muhofazasi agentligi vakiliga tayanib.
Avtokonsern hamda Amerika hukumat organlari va AQShdagi Volkswagen mashinalari egalarining advokatlari o‘rtasida kelishuvga erishilgani haqida federal sudya Charlz Breyer ma’lum qildi.
Volkswagen kompaniyaning jami 80 mingga yaqin uch litrli dizel dvigatelli avtomobillarini sotib olgan AQSh fuqarolariga tovon puli to‘lashga rozi bo‘ldi.
Bundan tashqari, avtokonsern transport vositalarini o‘z hisobidan ta’mirlab berishni zimmasiga oldi. Germaniya kompaniyasi, shuningdek, ushbu transport vositalarining kamida 20 mingtasini sotib olishga tayyor.
Breyer so‘zlariga ko‘ra, bir qator tafsilotlarni tartibga solish qolgan, xolos. Ushbu masala muhokama qilinadigan keyingi majlis 22-dekabrga belgilangan.
Izoh (0)