“Rossiya pochtasi” vakili ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo‘lgan videoga izoh berdi. Tyumen vokzalida olingan tasvirda kompaniya xodimi harakatlana boshlagan va jo‘natmalarni perronga uloqtirayotgan poyezd yonida yugurayotganligini ko‘rish mumkin. Bu haqda TJournal xabar bermoqda.
Pochta xizmati xodimining ishontirishicha, bu qutilarda sinmaydigan xizmat yuklari, asosan blanka va upakovka materiallari bo‘lgan.
Shuningdek, “Rossiya pochtasi”ning aniqlik kiritishicha, 974-raqamli pochta-bagaj poyezdi Tyumen vokzalida cheklangan vaqt davomida to‘xtab turadi. Jo‘natmalarni tushirib olishga ulgurish uchun dastlab mijozlarning jo‘natmalari tushuriladi. Poyezd jo‘nay boshlaganida ular tushirib bo‘lingan.
Yo‘lga chiqayotgan poyezddan jo‘natmalarning uloqtirilishi aks ettirilgan video 19-dekabr kuni ijtimoiy tarmoqqa Twitter foydalanuvchi Dmitriy Istishev tomonidan yuklangan.
Izoh (0)