Daniyalik sayohatchi Tor Pederson 3 yildan oshiq vaqt mobaynida suvda, faqat konteyner kemalarida harakatlanib 121 mamlakatda bo‘lishga erishdi. U samolyot bortiga ko‘tarilmay, butun dunyoni kezib chiqishni rejalashtirmoqda, deya hikoya qiladi Vice.
Pedersonga ko‘ra, aslida konteyner kemalariga joylashish juda qiyin, biroq unga Daniya Qizil Xoch tashkiloti tinchlik elchisi maqomi qo‘l keladi. Shuncha sayohati davomida daniyalik atigi bir bor buning uchun pul to‘ladi. Qolgan holatlarda sayohatchidan mablag‘ talab qilinmagan.
Tor o‘zi uchun har bir mamlakatda 24 soat mobaynida bo‘lishni qoida qilib olgan. U dunyoning barcha davlatlariga tashrif buyurishni mo‘ljallagan, biroq faqat konteyner kemalarida buni amalga oshirishga muvaffaq bo‘lishiga ishonchi komil emas.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)