AQShning Minnesota shtatidagi Dulut port-shahri aholisi maydoni jihatdan jahondagi eng katta chuchuk suvli ko‘l — Yuqori ko‘li uzra ko‘tarilgan ulkan bug‘ devori guvohiga aylandi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
Bug‘ devori ko‘ldagi suv iliq bo‘lgani holda, havo harorati -18 darajagacha pasaygani sabab ko‘tarilgan.
“Devor” suv sathidan bir necha o‘n metrga ko‘tarilishi oqibatida ko‘l yoqasidagi binolar va suzib o‘tayotgan kemalar uning fonida mitti obyektlarga aylanib qoldi.
https://www.instagram.com/p/BORvlbnjBqI/
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)