Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev 24-dekabr kuni ishchi tashrif bilan O‘zbekistonga keladi. Bu haqda Qirg‘iziston prezidenti apparatining tashqi siyosat bo‘limi mudiri Sapar Isakov Bishkekdagi matbuot anjumanida ma’lum qildi, deb yozadi KNews.
Uning so‘zlariga ko‘ra, tashrif doirasida Atambayev O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuv o‘tkazadi, tomonlar ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qiladi.
Uchrashuv Samarqandda bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. Atambayev, shuningdek, O‘zbekiston Birinchi Prezidenti Islom Karimovning qabrini ziyorat qilishni rejalashtirmoqda.
Izoh (0)