Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda deputatlar Vazirlar Mahkamasi tomonidan taklif etilgan Jizzax viloyati Jizzax tumanining nomini Sharof Rashidov tumani deb o‘zgartirish to‘g‘risidagi masalani muhokama qildi. Bu haqda Qonunchilik palatasi rasmiy sayti xabar berdi.
Deputatlar masalani har tomonlama muhokama qilganlaridan keyin hukumat taklifi, keng jamoatchilik muhokamasi jarayonida bildirilgan fikr va takliflarni umumlashtirish materiallari, geografik obyektlarga nom berish va ularning nomini o‘zgartirish masalalari bo‘yicha hududiy va respublika komissiyalari tomonidan tayyorlangan xulosalar asosida Jizzax viloyati Jizzax tumanining nomini Sharof Rashidov tumani deb o‘zgartirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi va ushbu hujjat ma’qullash uchun Senatga yuborildi.
Izoh (0)