O‘zbekistondagi eng ommabop internet-nashrda ishlashni xohlaysizmi? Dunyo va O‘zbekistondagi so‘nggi yangiliklarni o‘z tengqurlaringizga muntazam yetkazishni-chi?
Bizga kuchli muharrirlar kerak!
Vazifalaringiz:
- “Daryo” jurnalistlari tayyorlagan xabarlarni chop etilishidan avval tekshirish (musahhih sifatida), tahrir qilish (muharrir sifatida);
- “Daryo” jurnalistlari tayyorlagan tarjima xabarlaridagi faktlarni chop etilishidan avval manba bilan qiyoslab tekshirish;
- “Daryo” internet-nashri uchun xabar va mualliflik maqolalari yozish;
- Chet el internet-nashrlari va axborot agentliklari xabarlarini tarjima qilish;
- Facebook, Twitter, “Odnoklassniki” va “Muloqot”dagi “Daryo” guruhlarini o‘zbek tilida yuritish;
- va internet-jurnalistikaga bog‘liq boshqa vazifalar.
Bizda:
- Oylik: kelishuv asosida;
- Yangi, zamonaviy kompyuter;
- Yosh, qiziqarli, xushchaqchaq jamoa;
- Bepul, mazali tushlik (bay-bay-bay);
- Ofisimiz shaharning qoq markazida (“Darxon” biznes-markazida);
- Rasmiy mehnat shartnomasi.
Sizga qo‘yiladigan talablar:
- O‘zbek va rus tillarini mukammal bilish (ingliz tilini ham bilish — nur ustiga a’lo nur);
- Lotin grafikasiga asoslangan o‘zbek yozuvini mukammal bilish;
- Yoshingiz: 20 dan 30 gacha;
- Oliy ma’lumot (universitetni bitirgan bo‘lishingiz kerak);
- Kompyuterda bemalol ishlash;
- Toshkent shahri yoki Toshkent viloyati propiskasi (vaqtincha propiska ham bo‘lishi mumkin).
Qiziqdingizmi? U holda:
Quyidagi maqolalarni tarjima qilib, “Daryo” stilistikasiga moslab, bizga yuboring:- https://meduza.io/news/2016/12/22/vlasti-kalifornii-zastavili-uber-ubrat-bespilotnye-avtomobili-s-ulits-proekt-prodlilsya-nedelyu
- https://meduza.io/news/2016/12/21/pri-pozhare-v-tatarstane-pogibli-zhivotnye-iz-zooparka
“Daryo” stilistikasi nima?
- Qisqa va lo‘nda (160—200 so‘z);
- Kirish so‘z va xotima;
- 20—30 yoshli auditoriya uchun qiziq bo‘lgan mavzu;
- Raqamlarga e’tibor;
- O‘ziga jalb qiluvchi sarlavha;
- Eniga kamida 900 pikselli fotosurat.
Yuqoridagi talablarni bajargan holda, tarjimalaringizni Microsoft Word formatida, rezyumengiz bilan birga rezyume@simple.uz elektron manziliga yuboring. Tarjimasiz xatlar qabul qilinmaydi va ularga javob berilmaydi.
Ta’kidlash joiz, talablarga javob bermagan tarjimalar ko‘rib chiqilmaydi.
“Daryo” nashri haqida
“Daryo” internet-nashri Simple Networking Solutions MChJga tegishlidir. Kompaniya 2011-yilda tashkil topgan bo‘lib, hozirda “Muloqot” ijtimoiy tarmog‘i, “Daryo” internet-nashri va boshqa saytlarni yuritadi.“Daryo” nashriga bir oyda 1,5 millionga yaqin kishi tashrif buyuradi. “Daryo” O‘zbekistondagi eng ommabop onlayn-OAV bo‘lib, 2014-yil o‘tkazilgan Milliy UZ domeni internet festivalida ushbu ko‘rsatkich alohida e’tirof etilgan.
Izoh (0)