O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi xorvatiyalik hujumchi Mario Manjukich bilan jamoadosh bo‘lishi mumkin. Buning uchun “Yuventus” “Beytszing Goan” bergan taklifga rozi bo‘lishi kerak.
“Chempionat”ning Football Italia nashriga asoslanib xabar berishicha, “Beytszing Goan” Turin klubi uchun 35 million yevro taklif qilgan va narx jamoa rahbariyatini o‘ylantirib qo‘ygan. Manjukich joriy mavsum A seriyada 16 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Shuningdek, 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.“Beytszing Goan” Manjukichning o‘ziga har yili 3,5 million yevro berishga rozi. “Yuventus” safida Mario Manjukichdan tashqari Gonsalo Iguain, Paulo Dibala, Marko Pyatsa kabi hujumchilar ham bor. Klub Chempionlar Ligasida ishtirokini davom ettirayotgani inobatga olinsa, hujumchilar ko‘p emasligidan kelib chiqib ham Manjukich sotilmasligi mumkin.
Ma’lumot uchun, Mario Manjukich “Yuventus”ga qadar Xorvatiyaning “Zagreb” va “Dinamo”, Germaniyaning “Volfsburg” hamda “Bavariya”, shuningdek, Ispaniyaning “Atletiko” klublarida to‘p surgan.
Izoh (0)