Turkiya milliy mudofaa vaziri Fikri Ishik Suriyaning Aleppo shahrini ozod qilish bo‘yicha operatsiya muvaffaqiyatli amalga oshirilganini bildirdi. Bu haqda u rossiyalik hamkasbi Sergey Shoygu bilan uchrashuvi chog‘ida ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
“Sharqiy Alepponi jangarilardan ozod qilish, shahardan muxolifatchilar oilalari, jumladan, bolalarni olib chiqish bo‘yicha juda muvaffaqiyatli operatsiya davom etayotganiga guvoh bo‘lyapmiz”, — deya ta’kidladi Ishik.
Vazir Rossiya va Turkiyaning Suriya bo‘yicha hamkorligi ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlashiga umid bildirdi.
Ma’lumot uchun, 16-dekabr kuni Suriya armiyasi Alepponing jangarilar nazorati ostidagi sharqiy dahalarini ozod etgani e’lon qilindi. Rossiya bosh shtabiga ko‘ra, umumiy maydoni 78,5 kvadrat kilometr bo‘lgan 105 daha jangarilardan tozalangan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)