Lozannada joylashgan Xalqaro Arbitraj Sudi Madridning “Real” klubi tomonidan kelib tushgan da’vo arizasini qisman qondirdi. Bu haqda “Sports.ru” xabar berdi.
Voyaga yetmagan futbolchilar bilan shartnoma imzolash nizomlariga rioya qilmagani uchun FIFA Madridning ikki klubi — “Real” hamda “Atletiko” uchun transfer bozorining ketma-ket ikki eshikigini yopib qo‘ygandi. Unga ko‘ra, har ikki klub 2018-yilga qadar o‘z safiga yangi futbolchi qo‘sha olmasdi.
Vaziyatni atroflicha o‘rganib chiqqan Arbitraj Sud “Real”ning jazosini yengillashtirdi. “Qirollik klubi” yanvardan buyon ochiq turadigan transfer bozorida ishtirok etmaydi. Biroq kelasi mavsum oldidan o‘z safini yangi futbolchilar bilan to‘ldirishi mumkin.
XAS “Real”ning da’vo arizasini qisman qondirgani “Real” rahbariyatining noroziligiga sabab bo‘ldi. “XASga FIFA tomonidan qo‘yilgan taqiqni butunlay olib tashlash uchun kuch yetmadi, bu esa klub hafsalasini pir qildi”, — deb yozilgan “Real” bayonotida.
Ma’lumot uchun, FIFA “Real” va “Atletiko” klublariga taqiqni sentyabr oyida e’lon qilgandi. 2014-yilgi mavsum bunday holga Kataloniyaning “Barselona” klubi ham tushib qolgan, biroq jamoa XASga bergan da’vo arizasiga ijobiy javob olmagandi.
Izoh (0)