“Barselona” jamoasi hujumchilari Lionel Messi va Luis Suares Yaponiya telekanalining shou dasturida ishtirok etdi. Unga ko‘ra, Kataloniya klubi yetakchilari 1 daqiqa davomida darvoza atrofida uchayotgan dronni to‘p bilan poylashi kerak bo‘ldi.
Uchuvchisiz uchar apparat Osiyo, xususan, Yaponiyada juda mashhur sanaladi. Mazkur qurilma ishtirokidagi musobaqalar chempioni dron bilan har qanday harakatlarni amalga oshira oladi.
Bu safar u darvoza ortidan joy oldi va dronni darvoza atrofida turli yo‘nalishlarda harakatlantirdi. Messi va Suares 1 daqiqa ichida bir nechta zarbalar yo‘lladi. Yakunda Suares dronni poylashga muvaffaq bo‘ldi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)