Kataloniyaning “Barselona” futbol klubi prezidenti Xosep Mariya Bartomeu La Liga 16-turidan joy olgan “Espanyol”ga qarshi uchrashuvdan so‘ng jamoa a’zolarini iPhone 7 bilan siylashga qaror qildi. Bu haqda “Chempionat” Mundo Deportivo nashriga asoslanib xabar berdi.
Jamoa rahbariyati Luis Suares, Neymar va Lionel Messi kabi futbolchilarga qolganlardan ertaroq ta’til berishni lozim topgandi. Bundan kelib chiqib, 16-tur yakuniga yetishi bilan mazkur trio, shuningdek, Xerard Pike ta’tilga chiqib ketishini bildirdi. Bartomeu esa ular ketib qolmasidan turib har biri 1000 yevrodan qimmatroq turadigan telefonlarni jamoa a’zolariga tarqatib chiqdi.Ma’lumot uchun, “Barselona” futbolchilari “Espanyol”ga qarshi bellashuvni 4:1 hisobidagi g‘alaba bilan yakunlab, “Real” bilan oradagi farqni 3 ochkoga qadar kamaytirib olgandi.
Izoh (0)