Yaman janubida joylashgan harbiy bazaga uyushtirilgan xudkush hujumi oqibatida 23 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda, AP’ga asoslanib, “Interfaks” xabar bermoqda.
Portlash 18-dekabr, yakshanba kuni ertalabki soatlarda ro‘y berdi. Uni egniga portlovchi modda bog‘langan xudkush amalga oshirdi.
Xuddi shu harbiy baza 10-dekabr kuni ham terakt nishoniga aylangan edi: u safargi xudkush hujumi oqibatida, oxirgi ma’lumotlarga qaraganda, 45 harbiy xizmatchi halok bo‘lgan edi.
Izoh (0)