NATO Rossiya bilan sovuq urush olib borishni istamaydi. Bu haqda alyans bosh kotibi Yens Stoltenberg Bryusseldagi Rossiya-NATO kengashi majlisi arafasida Bild gazetasiga bergan intervyusida ma’lum qildi, deb yozadi “Interfaks”.
“Dushanba kungi kengash majlisida signal quyidagicha bo‘ladi: NATO eskalatsiyani istamaydi, ochlik urushini istamaydi”, — dedi u. Shu bilan bir vaqtda, Stoltenberg Moskvaga qarshi Yevropa sanksiyalarini uzaytirishni qo‘llab-quvvatladi, ularni xalqaro huquqlar buzilishiga nisbatan zarur reaksiya deb atadi. “Shu bilan bir vaqtda biz Rossiya bilan muloqot uchun imkoniyatlarni izlashda davom etishimiz kerak”, — deya qo‘shimcha qildi Stoltenberg.
Bryusseldagi uchrashuvda Yevropa xavfsizligi uchun birlamchi ahamiyatga ega masalalar muhokama qilinishi kutilmoqda, shu bilan birga, Stoltenberg birinchi o‘ringa Ukrainadagi ziddiyatni qo‘ydi va Suriya ham muhokama mavzusi bo‘lishini pisanda qildi.
Izoh (0)