Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev “NTV” telekanaliga bergan intervyusida Yangi Yil dasturxoniga yaqinda ochilgan mahalliy korxonalar mahsulotlarini qo‘yishini ma’lum qildi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
“Yangi yil dasturxonida albatta mamlakatimizda, oxirgi bir necha yilda ochilgan korxonalarda chiqarilgan baliq, go‘sht, meva bo‘ladi”, — dedi u.
Shuningdek, Medvedev importning o‘rnini bosish siyosati amalga oshgan deb hisoblashini, go‘sht, baliq, meva-sabzavot mahsulotlarining katta qismi Rossiyaning o‘zidan chiqayotganini ma’lum qildi.
Izoh (0)