Yamanning Adan shahridagi As-Sulban harbiy bazasi yaqinida xudkush uyushtirgan hujum qurbonlari soni 30 kishini tashkil etmoqda. Bu haqda “Interfaks” xabar berdi.
Oldinroq terakt tufayli 23 kishi o‘lgani ma’lum qilingandi.
Hujum tufayli ko‘pchilik jarohat olgani bildirilmoqda.
Xudkush harbiy xizmatchilar maosh olish uchun navbatda turganida o‘zini portlatib yuborgan.
Izoh (0)