Indoneziyada 13 kishi harbiy samolyot halokati qurboni bo‘ldi. Hercules C-130 transport havo kemasi mamlakat sharqidagi olis Papua viloyatida quladi, deb xabar beradi “Interfaks”.
Halokatda hech kim omon qolmadi: bortda uch uchuvchi va o‘n nafar harbiy xizmatchi bor edi. Noqulay ob-havo bunga sabab bo‘lishi mumkinligi bildirilmoqda.
Oziq-ovqat mahsulotlarini ortgan samolyot Timike shahridan parvoz qilgan va qo‘nish manzili — Vamenaga biroz yetmay, tog‘da halokatga uchragan. Qutqaruvchilar halokat joyini aniqladi va jasadlarni Vamenaga yetkazdi.
Izoh (0)