Xakerlar AQSh Demokratik partiyasi a’zolariga qarshi yangi hujumlar uyushtirdi. Ular orasida AQSh prezidentligiga nomzod sifatida saylovda ishtirok etgan Hillari Klintonning saylovoldi shtabida faoliyat yuritganlar ham bor, deb ma’lum qiladi “TASS”.
CNN telekanaliga ko‘ra, xakerlar saylovdan so‘ng demokratlarning elektron pochtalariga daxl qilmoqchi bo‘lgan. Kiberhujumlarning ayrimlari bir necha kun muqaddam amalga oshirilgan. FQB voqea bo‘yicha tergov boshlab yubordi.
Telekanal tahlilchilarining fikricha, hujumlarni Rossiya bilan bog‘liq shaxslar amalga oshirgan.
Izoh (0)