AQSh prezidenti Barak Obama Butunjahon yovvoyi tabiat jamg‘armasining (WWF) Vashington markazidagi shtab-kvartirasida ijaraga ofis oldi. Bu haqda, The Washington Post nashriga asoslanib, “RBK” xabar bermoqda.
“Prezident Obama Oq Uyni tark etganidan so‘ng Vashingtonda ofis maydoniga ega bo‘ladi”, — dedi uning matbuot kotibi Emi Brandeyj.
U ofisning joylashuvini tasdiqlashdan bosh tortdi.
Prezidentlikdan ketganidan so‘ng Obama Chikagoda o‘z prezidentlik kutubxonasini va yetakchilikka o‘rgatish markazini tashkil etishi ma’lum bo‘lgan edi. Bundan tashqari, u Demokratlar partiyasi bilan hamkorlik qiladi.
Izoh (0)