Indoneziya poytaxtida dindorlar tuyg‘ularini tahqirlashda ayblangan Jakarta gubernatori Basuka Chaxay Purnama ustidan sud jarayoni boshlandi. Tartib saqlash uchun sud binosiga 2 mingga yaqin politsiya xodimi safarbar etildi, deya xabar beradi “TASS”.
Gubernator “Milliy, diniy va ijtimoiy alomatlarga ko‘ra nafrat uyg‘otuvchi oshkora fikrlar bildirish” hamda “Dinni tahqirlash va dahriylik chaqiriqlari” moddalari bo‘yicha ayblanmoqda. Agar u aybdor deb topilsa, 5 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.
Oldinroq huquq-tartibot idoralari Purnamaga mamlakatni tark etishni man qilgandi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)