Londonda 7 nafar o‘smir Ferrari yo‘lakda piyodalarga kelib urilishi tufayli jarohat oldi. Avariya 12-dekabr, dushanba kuni ertalab Buyuk Britaniya poytaxtining Battersi tumanida ro‘y berdi, deya xabar qiladi The Daily Mail.
Hodisa joyiga politsiya va shifokorlar yetib keldi, jarohatlanganlar kasalxonaga yotqizildi. Ulardan 5 nafariga muolajalardan so‘ng uyiga ruxsat berildi. Kasalxonada qolayotgan bir o‘smirning holati og‘ir ekanligi bildirilmoqda.
Avtohalokat sababchisi — 35 yoshli erkak qo‘lga olindi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)