Rossiya prezidenti Vladimir Putin Yaponiya OAVlariga intervyu chog‘ida 2012-yili unga sovg‘a qilingan akita zotiga mansub Yume laqabli itni ko‘rsatdi. Bu haqda TJournal xabar bermoqda.
“Menga sizlar Yumeni ko‘rmoqchi ekanligingizni aytishdi. Marhamat, unga bemalol ko‘z tashlashingiz mumkin. Yume — jiddiy it. Odam ko‘p, kameralar, fotoapparatlar, yoritgichlar ishlab turibdi. Lekin u bemalol o‘zining qo‘riqchilik vazifasini bajaryapti”, — deya ta’kidladi Putin.
2012-yilda Akita prefekturasi vakillari Rossiya tomoniga Putinga sovg‘a sifatida Yume (“Orzu”) laqabli kuchukni topshirgandi. Yaponiya shu tariqa Rossiya 2011-yil martida zilzila va sunamidan aziyat chekkan mintaqalarga bergan yordam uchun minnatdorligini bildirgan.
Eslatib o‘tamiz, 15—16-dekabr kunlari Rossiya prezidentining Yaponiyaga tashrifi rejalashtirilgan.
Izoh (0)