AQShning yangi saylangan prezidenti Donald Tramp Xitoyga qarshi tarif urushi olib borishdan ehtiyot bo‘lishi lozim, negaki bu ikki davlatning munosabatlarini yomonlashtirish barobarida Vashingtonga manfaat keltiruvchi biror natija bermaydi. Bunday munosabatni Microsoft asoschisi Bill Geyts CNBC telekompaniyasi efirida aytib o‘tdi, deb xabar beradi “TASS”.
U yaqindagina Tramp bilan telefon orqali suhbat qurganini aytib o‘tdi.
“Umid qilamanki, Tramp ‘qonga qon, jonga jon’ prinsipi asosida Xitoyga qarshi tarif urushini boshlab yubormaydi. Bu ssenariy mag‘lubiyatga keltirishi oldindan ma’lum”, — ta’kidladi milliarder.
Shuningdek, u suhbat mavzusi energetika sohasiga investitsiya kiritish bo‘lganini qo‘shimcha tarzda aytib o‘tdi.
“Tramp mening fikrlarimga qiziqish bildirdi”, — dedi Geyts.
Tramp saylovoldi kampaniyasi borayotgan paytdanoq iqtisodiy sohada Xitoy AQShning asosiy raqibi ekanligini e’tirof etib keladi.
Izoh (0)