Kolumbiya prezidenti Xuan Manuel Santos Oslo meriyasida bo‘lib o‘tgan Nobel mukofotini topshirish marosimida ushbu mukofotni osmon tuhfasi deb hisoblashini ma’lum qildi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Prezidentning so‘zlariga qaraganda, premiya tufayli uning mamlakatida tinchlik o‘rnatish orzusi ushalishiga yangi turtki beriladi.
“Kolumbiya hukumati va Inqilobiy qurolli kuchlar o‘rtasidagi kelishuv yakunlariga ko‘ra aytishimiz mumkinki, Amerika qit’asi Alyaskadan Patagoniyaga qadar tinchlik yeriga aylandi”, — dedi Santos.
Hukumat va isyonchilar o‘rtasida imzolangan kelishuv qariyb ellik yil davom etib, 220 ming kishining halokatiga olib kelgan ixtilofga yakun yasashi mumkin. Shu bois tinchlikparvar jarayonlar boshida turgan mamlakat prezidentiga tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga loyiq ko‘rildi.
Xuan Manuel Santos va Kolumbiya Inqilobiy qurolli kuchlari rahbari Rodrigo Londono Echeverri 27-sentabr kuni Kartaxena shahrida mamlakatda yarim asr davom etgan qurolli mojaroni to‘xtatish hamda mustahkam va barqaror tinchlikni ta’minlash to‘g‘risida kelishuv imzolagan edi.
Unga ko‘ra, 2-oktabr kuni Kolumbiyada muzokaralarni qonuniy mustahkamlash uchun referendum o‘tkazildi. Uning natijasiga ko‘ra, kelishuvga rozi bo‘lmaganlar g‘alaba qozondi. Tinchlik kelishuviga qarshi 6,4 million (50,21 foiz) kishi ovoz bergan.
Izoh (0)