Faoliyatining so‘nggi yillarini G‘uzorning “Sho‘rtan” klubida o‘tkazgan himoyachi Asror Aliqulov butsalarini mixga ildi, deb xabar berdi “Championat.asia”.
Aliqulov futbolchilik faoliyatini bir yil avval yakunlamoqchi bo‘lgandi, biroq uni yana bitta mavsum o‘ynashga ko‘ndirishgan.
“Rejam bo‘yicha o‘tgan yil faoliyatimni yakunlashim kerak edi. Aleksandr Volkov jamoaga bosh murabbiy bo‘lib kelgach, meni yana bir yil o‘ynashga ko‘ndirdi. Keyin esa o‘zi ketib qoldi”, — degan 38 yoshli Aliqulov.
Faoliyati davomida Osiyo Chempionlar Ligasi turniri yarim finaliga ikki marta yetib borgan, O‘zbekiston chempionati va kubogida 5 martadan zafar quchgan sobiq “paxtakorchi” Asror Aliqulov “Sho‘rtan” klubi tizimida ishlashi mumkinligini qayd etgan.
Izoh (0)