2016-yil yakunlariga ko‘ra Osiyoning eng yaxshi ayol murabbiyi deb topilgan Chan Yuen Ting Gonkong chempionatida “Istern SK” klubini chempionlik sari yetaklab kelgan.
Erkaklar jamoasiga ustozlik qilayotganidayoq Chan Yuen Ting ko‘pchilikning e’tiboriga tushgandi. Oradan bir yil o‘tib uning shogirdlari mamlakat chempionligi va kubogini qo‘lga kiritgach, ayol murabbiy katta shuhrat qozondi va bu holat OFKning ham e’tiboridan chetda qolmadi.
“Bu men uchun syurpriz bo‘ldi. Qachondir shu yerda turishimni xayolimga ham keltirmagandim. Taklifnoma olganimda quvondim, yutishimni esa kutmagandim. Sovrinni jamoamga bag‘ishlayman. Menga shunday ishonch va imkoniyat bergani uchun ham ‘Istern SK’ga rahmat”, — deb aytib o‘tgan mutaxassis.
Izoh (0)