Kolumbiya senati (yuqori palata) 29-noyabr, seshanba kuni Kolumbiya hukumati va Kolumbiya Inqilobiy qurolli kuchlari (FARC) o‘rtasidagi tinchlik to‘g‘risidagi yangi kelishuvni bir ovozdan ma’qulladi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
“Senat o‘z majlisida FARC bilan tinchlik to‘g‘risidagi yangi kelishuvni qonuniylashtirish haqidagi taklifni ma’qulladi. Taklif uchun 75 ta ovoz berildi, qarshi ovoz berilmadi”, — deyiladi parlament yuqori palatasining Twitter’dagi rasmiy sahifasida.
Endi hujjat uchun Vakillik palatasida (parlamentning quyi palatasi) ovoz berilishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 24-noyabr kuni Kolumbiya prezidenti Xuan Manuel Santos va FARC yetakchisi Rodrigo Londonyo Echeverri Bogotada yarim asr davom etgan qurolli mojaroni to‘xtatish haqidagi yangi kelishuvni imzolagan edi. Bu birinchi kelishuv 2-oktabr kungi referendum natijalari bo‘yicha rad etilgandan keyin amalga oshirildi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)