Hindiston hukumati mamlakatdagi barcha daryolarni kanallar yordamiga birlashtirib, qurg‘oqchilik va toshqinlar vaqtida suvni bir joyga jamlaydigan yagona suv tarmog‘ini barpo etmoqchi. Bu haqda New Scientist’ga asoslanib, “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Xabarda qayd etilishicha, Hindiston shimolidagi 14 ta hamda mamlakatning g‘arbiy, janubiy va markaziy qismidagi 16 ta daryoni birlashtiradigan 30 ta kanal qazish rejalashtirilmoqda. Hosil bo‘ladigan daryo Misrdagi Nil daryosidan (6 952 metr) qariyb ikki barobar uzun bo‘lib, 12,5 ming kilometrni tashkil qiladi.
Bunday daryo qurg‘oqchilik va toshqinlarga qarshi kurashish imkonini beradi. Bundan tashqari, umumiy quvvati 34 ming megavatt bo‘lgan gidroelektrostansiya (GES) qurish ko‘zda tutilgan.
Ekolog va geologlar, o‘z navbatida, suv tizimini sun’iy o‘zgartirish qator ofatlarga olib kelishi mumkinligini ta’kidlamoqda. Minglab gektardagi o‘rmonlar xavf ostida qoladi, daryo qirg‘oqlari esa katta ehtimol bilan yemirilib ketadi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)