Intel yaqin ikki yil mobaynida haydovchisiz avtomobillar loyihalariga 250 million dollar ajratishga tayyor. Bu haqda kompaniya rahbari Brayan Krjanich Los-Anjeles avtoshousidagi chiqishi chog‘ida ma’lum qildi, deya xabar beradi 3Dnews.
Investitsiyalar keng ko‘lamdagi istiqbolli texnologiyalar, jumladan, kelgusi avlod kommunikatsiyalari, chuqur o‘rgatish, xavfsizlikni rivojlantirishga yordam beradi. Shuningdek, Intel buyumlar internetini joriy etishga ham alohida e’tibor beradi. Bu esa, o‘z navbatida xarajatlarni qisqartirish, transport samaradorligini oshirish, yo‘llarda xavfsizlikni yaxshilashga imkoniyat tug‘diradi.
Ma’lumot uchun, Intel texnologiyalari hozirning o‘zida BMW, Daimler, Hyundai, Infiniti, Jaguar XF, Kia, Lexus, Mini Cooper, Rolls-Royce, Toyota, Tesla va boshqa ko‘plab avtokompaniyalar tomonidan foydalanilmoqda.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)