“Dev va pakana” filmidagi Polvon obrazi orqali tanilgan aktyor Nodir Saidaliyev 25-noyabr kuni olamdan ko‘z yumdi. U Zangiota tumaniga qarashli “Ko‘kterak” qabristoniga dafn etildi.
“Bandamiz, bir daqiqadan keyin nima bo‘lishi faqat Yaratganga ayon! Nodir bilan “Dev va pakana” filmida tanishgandik. O‘zbekistonning mana-man degan qirqqa yaqin polvoni ichidan rejissor Jahongir Qosimov shu yigitni tanlab olib, xato qilmagan ekan. Juda sodda, ko‘ngli ochiq, haqiqiy pokiza inson edi, rahmatli...”, — deb Instagram sahifasida izoh qoldirdi qiziqchi va aktyor Obid Asomov.
“To‘qqiz oy birga ishladik. Natija yomon bo‘lmadi. Film “Kinoshok” xalqaro festivalida oliy sovringa sazovor bo‘ldi! Eeeh, gapirsam gap ko‘p... Alloh rahmatiga olsin! Oilasiga sabr-u jamil bersin!”, — deb “Dev va pakana”da Nodir Saidaliyevga partnyor bo‘lgan Obid Asomov postini yakunlagan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)